O‘zbekiston | 07:36 / 04.08.2018
7595
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda endi “Loyiha boshqaruvi” bo‘yicha magistr darajasini qo‘lga kiritish mumkin

Foto: ABC.az

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga asosan 2018 yilning sentabr oyidan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazida bir yillik “Loyiha boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yaqin kungacha respublikada tegishli boshqaruvchi o‘qitadigan va loyiha boshqaruvi sohasi bo‘yicha xalqaro darajadagi sertifikatlarni taqdim qiladigan birorta o‘quv yurti mavjud emas edi.

“Loyiha boshqaruvi” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura dasturi ta'lim jarayonida ushbu sohada sertifikatlangan murabbiylarni, milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilinadi. Shu bilan birga, ta'lim jarayoni kompetentlilik yondashuvi asosida olib boriladi, jumladan bilimlarni nafaqat xorijiy tajriba va keng tarqalgan xalqaro standartlar hamda loyiha boshqaruvi metodologiyalariga («PMBOK» va ISO 21500) tayangan holda berish, balki ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari va salohiyatli loyiha rahbarlarining shaxsiy fazilatlariga e'tibor qaratish ham ko‘zda tutiladi.

Shunday qilib, bitiruvchilar loyihalarni boshqarish bo‘yicha to‘liq rejalarni ishlab chiqish, xavflarga javob bera olish, asoslantirilgan va hisoblab chiqilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish, loyiha jamoasini shakllantirish va o‘zaro samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yish, loyiha boshqaruvi murakkab tizimini samarali tashkil etish va boshqarishni chuqur o‘rganib oladilar.

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi MBA (Biznesni boshqarish) dasturi bo‘yicha magistrlarni tayyorlashda olti yildan ortiq tajribaga ega. Ushbu davr mobaynida "O‘zbekneftgaz" AJ, "O‘zbekenergo" AJ, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ, "O‘ztransgaz" AK, "O‘zsanoatqurilishbank" ATB, "Coca-Cola Ichimligi O‘zbekiston" QK, "O‘zbekoziqovqatxolding" XK, "GM Uzbekistan" AJ uchun 120 ta magistr tayyorlandi.

Talabalar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Jahon ilm-fanidagi eng so‘nggi tadqiqotlarning 80%dan ortiq ma'lumotlar bazasiga ega Web of Science va EBSCO, shuningdek, Rossiya ilmiy matndan parcha keltirish ko‘rsatkichi (RIMNPKK) – rus olimlarining ilmiy nashrlar bibliografik ma'lumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyati mavjud.

Hujjatlar 2018 yil 16 avgustgacha qabul qilinadi.

Mavzuga oid