«Atletiko» Ispaniyaning bo‘lajak chempionimi?
Diyego Simeone jamoasi La Liganing yangi mavsumida nima uchun «oltin medal»larni qo‘lga kiritishi kerakligini ko‘rib chiqamiz.
«Real»ni Zinedin Zidan tark etib uning o‘rniga Xulen Lopetegi taklif etilishi ortidan Ispaniya terma jamoasi Rossiyadagi jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, «Real»dan Krishtianu Ronaldu ham Italiyaga ketib, «Barselona» odatdagi kabi o‘zi istagan futbolchilarni transfer qila olmay yurganida «Atletiko» imi-jimida tarkibni kuchaytirib, yangi mavsumga hozirlandi.
Bu tayyorgarlik bir qator qadamlarni o‘z ichiga oladi, bu qadamlardan keyin aytish mumkinki, «Atletiko» chin ma'noda Ispaniya chempionati favoriti. «Barselona» ham, «Real» ham hozirda bunday barqaror kuchli tarkibga ega emas. Demak, bu tarkib uchun «matraschilar»ning rahbarlari nimalar qilishdi?
Grizmann tarkibda saqlab qolindi
Asosiy yutuq sifatida «Atletiko»ning keyingi yillardagi yulduzi, jahon chempioniga aylanganidan keyin futbolchi sifatida yanada o‘sgan Antuan Grizmann bilan shartnoma uzaytirilganini aytish mumkin. Holbuki, keyingi bir yil davomida uning «Barselona»ga o‘tishi haqida yozishgandi. Katalonlarni madridliklar klubini aylanib o‘tib, futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazishda ayblashdi, futbolchi qolish-qolmasligi haqidagi savollarga muayyan bir javob bermasdi. Keyin birdan jahon chempionati boshlangunigacha aniq javob berishini aytdi, bularning barchasi u shu yozda Madridni tark etishini ko‘rsatayotgandi.
Fransiyalik futbolchi o‘z qarorini haqiqiy shouga aylantirdi. Bundan Jyerar Pike ham chetda qolmadi - unga tegishli Kosmos Studios kompaniyasi ikki oy mobaynida Grizmanning ikkilanishlari, ota-onasi, rafiqasi (aynan u hal qiluvchi rol o‘ynagan), singlisi va bilan maslahatlashuvlari haqida hujjatli film ishladi. Uning oxirgi sahnasida futbolchi «Atletiko»ning uy stadioni bo‘lmish «Vanda Metropolitano» qarshisida turadi va barchaga Diyego Simeone jamoasida qolishini ma'lum qiladi.
Mi afición, mi equipo, MI CASA! @atleti 🔴⚪🔴
— Antoine Griezmann (@AntoGriezmann) June 14, 2018
Mes supporters, mon équipe, MA MAISON ! @AtletiFR 🔴⚪🔴
My fans, my team, MY HOME!!! @atletienglish 🔴⚪🔴 pic.twitter.com/ByD8Cju5Yb
Yangi kelishuv 2023 yilgacha mo‘ljallangan, shartnomada badal puli sifatida 200 million yevro ko‘rsatilgan, futbolchining yillik maoshi miqdori 20-22 million yevro atrofida. Oldindagi chempionatga Grizmann jahon chempioni sifatida kiradi, ushbu yulduz jamoani Ispaniya chempioni qilish. Jamoa oxirgi marta 2013-14 yilgi mavsumda mamlakat chempioni bo‘lgan, Grizmann «Real Sosedad»dan 2014 yil yozida transfer qilingan. U kelganidan buyon jamoa ikki marta YeChL finaliga chiqdi va ikki safar ham Madridning boshqa bir jamoasi «Real»ga yutqazdi. Uchinchisi esa hal qiluvchisi bo‘lishi mumkin.
Lemarning kelishi
Bu ishda Grizmannga «Atletiko»dagi barcha jamoadoshlari yordam berishadi. Ulardan biri shu yozda transfer qilingan vatandoshi Toma Lemar bo‘ladi. Ushbu 22 yoshli jahon chempioni Madridga «Monako»dan 70 million yevro evaziga keldi, u monegaskliklar jamoasi yoshlar bilan ishlashdagi omilkorligining navbatdagi namunasidir.
Bir necha yil muqaddam Lemarni xafa qilishgandi. Gvadelupadan murabbiyi Filipp Transhan bilan Kanga kelgan 14 yoshli o‘smir Ngolo Kante ham bo‘lgan «Kan»da o‘ynatilmasdi. U har zamonda zaxiradan o‘yinga tushirilardi. Ammo bunday tushishlardan biri uning taqdirini o‘zgartirib yuborgan. 2015 yil bahorida Toma «Monako»ga qarshi yarim soat maydonda harakat qiladi va raqib jamoa bosh murabbiyi Leonardu Jardimda yaxshi taassurot qoldiradi. Bir necha oy o‘tib u Normandiyadan Lazur qirg‘og‘iga yo‘l oladi. «Kan»dagilar yaqindagina Kanteni «Lester»ga 9 million yevroga pullashgandi, shu tufayli Lemar bo‘yicha ko‘p savdolashmasdan uni 4 million yevro evaziga qo‘yib yuborishadi. O‘shandan buyon Kantening narxi qariyb 10 marta o‘sdi (80 million yevro), Lemar esa 20 barobar qimmatlashdi (70 million yevro).
Fransiya chempionatidagi ikki mavsumda u 20dan ortiq golli uzatma muallifi bo‘ldi va Fransiya terma jamoasidan doimiy o‘rin egalladi.
Martinsh tarixi
Grizmanni to‘p bilan ta'minlab turish uchun olingan faqat bir Lemar emas. «Sporting»dan Jyelson Martinsh ham «Atletiko» safiga kelib qo‘shildi. Kabo-Verdeda tug‘ilgan ushbu iqtidor bir necha yil muqaddam «Barselona» futbolchisiga aylanishga yaqin kelgandi.
2012 yil yozida lissabonliklar klubi inqiroz ko‘chasiga kirib qolgandi. «Sporting»da o‘shanda kataloniyaliklarga Xeffren Suares uchun to‘lashga 1 million yevro topilmagandi. Natijada, «Barselona» sport direktori «qarz evaziga» futbolchi olib ketish uchun kelishadi.
Gelson Martins. pic.twitter.com/FgnhbDi5Ic
— GolDeGodin (@GolDeGodin_) July 25, 2018
Ularga yosh Jyelson Martinsh taklif etilgan, ammo uning o‘rniga Lissabondan Edgar Ie va Agoshtino Ka olib ketilgan. Ular «Barselona B»da 3 yil o‘tkazishdi. Keyin Edgar Ie «Vilyarreal»ning dublida o‘z omadini sinab ko‘rdi, nihoyat vatanga qaytib, «Belenensesh»da to‘p surdi. Ikkinchisi esa ijarama-ijara yurib, bir yil futbolsiz ham qoldi va 2017 yilda Litvaning «Shtumbrase» klubida paydo bo‘ldi.
«Sporting»da qolgan Martinsh esa 2014 yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi bilan Vengriyada o‘tkazilgan Yevropa chempionatida kumush medallarga ega chiqdi, bir yil o‘tib Jahon chempionati U-20 turnirida Kuarejma uslubida gol urgach, uni har qadamda «Yangi Figu» deb atay boshlashdi.
Mojaroli transfer
Martinshning transferi oddiy transferlardan bo‘lmadi. 23 yoshli portugaliyalik iyun oyida «Sporting» bilan shartnomani biryoqlama buzgan futbolchilar guruhida edi (o‘tgan mavsum oxirida klub prezidenti futbolchilarni kamsitgach va klub muxlislari klub bazasiga hujum qilib, futbolchilarni hamda murabbiylar shtabi a'zolarini qonga belagach, jamoa parokanda bo‘lib ketdi). Hujumdan jabr ko‘rgan bo‘lsada, Bast Dost va Brunu Fernandesh kabi futbolchilar jamoaga qaytib, yangi shartnomalarga imzo qo‘yishdi, ammo boshqalar o‘z bilganlaricha ish tutishdi. Masalan, Villiam Karvalyu «Betis» a'zosiga aylangan bo‘lsa, Ruy Patrishiu «Vulverhempton»ga o‘tdi. Martinsh esa «Atletiko»ga keldi. «Sporting»da esa «matraschilar»ga bir vagon e'tirozlar bor.
Gap shundaki, madridliklar jamoasi Jyelsonni tekinga qo‘lga kiritishni istamagan va uning uchun 15 million yevro (plyus bonuslar ko‘rinishida 10 million yevro) taklif qilgandi. Ammo portugaliyaliklar jamoasi bu qadar kam summaga rozi bo‘lmadi. Yakunda futbolchi shartnomasini bir tomonlama bekor qilib, erkin agent maqomida ispan klubiga qo‘shildi. Quruq qolgan «Sporting» esa FIFAga arz qildi, ular «Atletiko»dan 50-100 million yevro undirib olishni istamoqda. Lekin bu ish hali juda uzoq davom etadi.
Rodrining qaytarilishi
«Atletlar»ning qudratli jamoa qurish yo‘lidagi navbatdagi qadami «Vilyarreal»dan sobiq futbolchisi Rodrini (Rodrigo Ernandes Kaskante) qaytarishi bo‘ldi. Jamoa akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Rodri keyingi 5 yilni «Vilyarreal» safida o‘tkazdi. U bu jamoada Ispaniyaning eng kuchli tayanch yarim himoyachilaridan biriga aylangan, uni endilikda Serxio Busketsga qiyoslashmoqda.
U hali 22 yoshda, u Qatarga yo‘l olgan sobiq jamoa sardori Gabining raqamini - 14-raqamni oldi. U keyingi yillarda o‘z o‘yinlari bilan barchani mahliyo etishi mumkin.
Xuddi «Atletiko»ning o‘zi kabi.
Mavzuga oid
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
11:22 / 03.10.2024
«Real», «Bavariya» va «Atletiko» yutqazdi, «Yuventus»da dahshatli kambek. YeChLda sensatsiyalar kuni
11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
15:34 / 18.02.2024