Dunyodagi eng boy odamni didsizlikda ayblashdi
The Outline nashri muallifi New York Times’ning maqolasi haqida Twitter’da istehzo bilan izoh qoldirdi. Maqolada sayyoradagi eng boy odam Jyeff Bezos modani belgilovchi sifatida tilga olinadi. Uning hamkasblari buni rad etish uchun qator fotosuratlarni e'lon qilishdi, ular tarixdagi eng boy tadbirkor modadan ancha yiroq ekanini isbotlaydi.
«Men New York Times’ning modani belgilovchi Jyeff Bezos haqidagi maqolasini o‘qiyotgan paytim», - deya aniqlik kiritdi qiz. U «Aleksa» ovozli yordamchiga berilgan savolning skrinshotini ham qo‘shib qo‘ydi.
me, while reading that nytimes piece about "jeff bezos, style icon" pic.twitter.com/73o5AcmN0z
— paris martineau (@parismartineau) August 2, 2018
Jurnalistni Mashable’dagi hamkasblari qo‘llab-quvvatlashdi, ular nashr sahifalarida Bezos omma oldida ko‘rinish bergan yoki ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan fotosuratlaridagi eng didsiz obrazlarni yodga olishgan. Xususan, Mashable muallifning eslatishicha, Bezos bir safar auditoriya oldida ovga mo‘ljallangan kulrang shorti va treking poyabzalda chiqish qilgan. «Bu ajoyib poyabzallarni yashiring», - deya maslahat berdi jurnalist.
Bundan tashqari, u Bezosga «shubhali» kiyimdagi fotosuratlari haqida eslatgan, masalan, flisli koftani.
Yoki ta'mirlash ishlari uchun mos tushishi mumkin bo‘lgan futbolkani.
Muallifning xulosasiga ko‘ra, Bezos modani belgilovchi shaxs maqomidan ancha uzoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, New York Times xodimlarining o‘zi ham bunga shubha bilan qaraydi.
Mavzuga oid
19:19 / 13.12.2024
Amazon ham Trampning inauguratsiyasi uchun 1 mln dollar xayriya qiladi
08:50 / 23.09.2024
Britaniya Moda kengashi o‘zbek milliy brendlarini targ‘ib qilishda yordam beradi
19:11 / 04.09.2024
Amerikalik milliarder Jyeff Bezos 80 mln dollarga shaxsiy samolyot sotib oldi
16:08 / 06.03.2024