Aholisi kamayib borayotgan mamlakatlar nomi ma'lum qilindi
Science Alert nashri tug‘ilish kamayishi va keksalar sonining oshib borishi sababli aholisi kamayib ketadigan mamlakatlar nomini e'lon qildi. Bunday davlatlar ro‘yxatiga AQSh, Ispaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy kiritildi.
Demografiyaga ko‘ra, aholi kamayib ketmasligi uchun bir ayolga 2,2 nafar bola to‘g‘ri kelishi kerak, ammo aksariyat rivojlangan davlatlarda tug‘ilish koeffitsiyenti 2,2dan tushib ketgan.
Xabar qilinishicha, AQShda tug‘ilish koeffitsiyenti 1,76ga tushib ketgan, kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi esa 78,7 yoshga yetgan. Ayrim shtatlarda bir bolaning parvarishi uchun yiliga o‘n ming dollargacha xarajat qilinishi farzand ko‘rishdan voz kechishga sabab bo‘lmoqda.
Ispaniyada tug‘ilish koeffitsiyenti 1,5ni tashkil etmoqda, o‘lim koeffitsiyenti esa oshib bormoqda. Italiyada ham moliyaviy qiyinchiliklar sababli oilalar ko‘p farzand ko‘rishni istashmayapti. Bolgariya aholisi 1,46 ko‘rsatkich bilan rekord tezlikda kamayib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilga kelib Latviyada atigi 1,52 million aholi qoladi.
Yaponiyada tug‘ilish koeffitsiyenti 1,44ni, Janubiy Koreyada esa 1,26ni tashkil qilmoqda. Xitoyda 2030 yilga kelib mamlakat aholisining chorak qismini yoshi 60dan oshganlar tashkil etishi taxmin qilinmoqda (2010 yilda qariyalar mamlakat aholisining 13 foizini tashkil etgan). Singapur eng past tug‘ilish ko‘rsatkichiga ega 0,83), ammo hukumat bu muammoni immigratsiya yordamida hal qilishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024