Fan-texnika | 23:35 / 09.08.2018
19492
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda Samsung Galaxy Note 9 smartfoni taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Nyu-Yorkda Samsung Galaxy Note 9 smartfoni taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kompaniya vakili Dryu Blekordning ta'kidlashicha, u Note lineykasida foydalanilgan eng katta - 6,4 dyuymli displeyga ega. Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlaydigan bu smartfon kamera va boshqa funksiyalarni masofadan boshqaruvchi S-Pen bilan hamda barmoq izi skaneri bilan jihozlangan.

Foto: Samsung
Foto: Samsung
Foto: Samsung
Foto: Samsung

Blekordning so‘zlariga ko‘ra, smartfonning doimiy xotirasi 128 Gb yoki 512 Gbga teng. 512 Gbli microCD evaziga uni 1 Tbgacha yetkazish mumkin. Akkumulyator sig‘imi 4000 mA·s.  

Foto: Samsung
Foto: Samsung
Foto: Samsung

Yangi modelga dastlabki buyurtmalar 10 avgustdan qabul qilina boshlaydi, 24 avgustdan esa Amerikadagi mobil aloqa do‘konlariga chiqariladi. Associated Press agentligining xabariga ko‘ra, uning narxi xotira hajmidan kelib chiqib ming dollardan 1,25 ming dollargacha bo‘ladi.

Foto: Samsung
Foto: Samsung

Samsung taqdimotida shuningdek Samsung Galaxy Watch «aqlli» soati namoyish etildi. Soat bir quvvatlanganida 80 soatgacha ishlashi mumkin, qo‘ng‘iroq qilish va xabar jo‘natish imkonini beradi hamda inson sog‘ligini kuzatadi.

Foto: Samsung
Foto: Samsung

Namoyish etilgan yana bir qurilma esa Galaxy Home «aqlli» ovoz kuchaytirgichi bo‘lib, sakkizta mikrofon va yana shuncha dinamik bilan jihozlangan. Ovoz kuchaytirgichni Bixby ovozli yordamchisi orqali boshqarish mumkin.

Mavzuga oid