Jahon | 13:24 / 11.08.2018
9867
1 daqiqa o‘qiladi

Jeenbekov Nazarboyevga 100 yillik samovar sovg‘a qildi

Foto: knews.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qozog‘iston poytaxti kuni munosabati bilan mamlakat yetakchisi Nursulton Nazarboyevga yuz yil muqaddam Osiyoda yasalgan noodatiy samovarni sovg‘a qildi.

Ushbu samovar Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidentining kutubxonasiga eksponat sifatida topshirildi.

Samovarlarning tarixi 1740 yildan boshlanadi. Birinchi samovarlar Uraldagi Demidov zavodlarida yasalgan. Bir muddatdan so‘ng Tula korxonalari ham samovarlarni ishlab chiqarishga qo‘shildi. Markaziy Osiyoning Rossiya imperiyasiga qo‘shilishidan so‘ng samovarlarga ehtiyoj oshib bordi. Buning sababi Markaziy Osiyodagi choy madaniyatining mashhurligi edi, deyiladi kutubxona saytida.

Bir necha rus tadbirkorlari Buxoro va Samarqandda Osiyo samovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishdi. Osiyo samovarlari shakli, bezagi bilan alohida ajralib turgan.

Foto: presidentlibrary.kz

Mavzuga oid