E-VISA: Bir oyda 5025 nafar xorijlikka elektron viza berildi
Joriy yilning 15 avgust holatiga ko‘ra, 5 mingdan ortiq xorij fuqarosi O‘zbekistonga kirish elektron vizasi (E-VISA)ni so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat yo‘llagan 42 mamlakat orasidan Xitoy, AQSh va Buyuk Britaniya fuqarolari yetakchilik qilmoqda. Xususan, Xitoydan - 1190 ta, AQShdan - 671 ta va Buyuk Britaniyadan 611 ta murojaat kelib tushgan.
Statistikada qayd etilishicha, bugunga qadar 5025 xorijlikka viza berilgan, 434 nafarining murojaati tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Hozirga qadar faqat bir kishining O‘zbekistonga kirish murojaati rad etilgan.
Ta'kidlash joizki, 15 iyul kunidan boshlab O‘zbekistonda xorijlik fuqarolarga respublikada turistik maqsadlarda bo‘lish uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish ishlari boshlangan. Elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga O‘zbekiston hududida bo‘lish huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddat ichida amal qiladi.
Berilgan elektron viza xorij fuqarosining e-visa.gov.uz portaliga qilgan murojaatida ko‘rsatilgan elektron manzilga jo‘natiladi.
Elektron vizani rasmiylashtirish uchun murojaat berish O‘zbekiston Respublikasiga kelish sanasidan uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Elektron kirish vizasini olish murojaatini ko‘rib chiqish uchun konsullik yig‘imi hajmi 20 AQSh dollarini tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024