O‘zbekiston | 13:50 / 16.08.2018
144563
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident farmoni: Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlar idorasining Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaati inobatga olinib, Qurbon hayitining birinchi uch kuni, ya'ni, 21-23 avgust kunlari bayram sifatida keng nishonlanishi belgilangan.

O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni 2-bandining oltinchi xatboshisidagi «24 avgust - jumaga» so‘zlari «22 avgust - chorshanbaga» so‘zlari bilan almashtirilgan.

Mazkur farmonda shuningdek 25 avgust shanbadagi dam olish kunini 23 avgust payshanba kuniga ko‘chirish belgilangan edi.

Shu tariqa, 21–23 avgust kunlari 5 kun ishlaydiganlar uchun, 21-22 avgust kunlari 6 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.

Mavzuga oid