Jahon | 18:20 / 17.08.2018
13427
2 daqiqa o‘qiladi

Branson ishi. Turkiya yon bermayapti

© AFP 2018 / Stringer

Turkiya sudi amerikalik pastor Endryu Bransonni uy qamog‘idan ozod qilish bo‘yicha so‘rovni yana rad qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

NTV telekanali xabarida qayd etilishicha, Turkiya sudi uchinchi marta pastorni ozod qilish bo‘yicha so‘rovga rad javobi qaytarmoqda. 15 avgust kuni ham sud Bransonni ozod qilinishi va mamlakatdan chiqib ketish huquqiga erishishga harakat qilayotgan himoya tomonining arizasini qanoatlantirmagandi.

Turkiya hukumati Bransonga terrorizm bo‘yicha ayblov qo‘ygan, u 2016 yilning 16 iyulidagi voqealarga aloqadorlikda gumon qilingan. Pastorning o‘zi barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Branson ishi Anqara va Vashington o‘rtasidagi diplomatik mojaroga olib keldi. Munosabatlar keskinlashuvi ortidan turk lirasi qadri pasaygandan pasaymoqda.

1 avgust kuni AQSh moliya vazirligi Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluga nisbatan sanksiya joriy etdi. 

Ko‘p o‘tmay AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya po‘lati va alyuminiysiga bojlarni ikki barobarga oshirish haqidagi qaror qabul qildi. Natijada lira kursi qulay boshladi.

Lira 2018 yil boshidan buyon 40 foizga qadrsizlandi, pastorni ozod qilish bo‘yicha so‘rov rad etilgani haqidagi xabardan keyin 1 AQSh dollari 6,18 turk lirasiga sotilmoqda. Holbuki, 2 yil muqaddam 1 AQSh dollari 2,95 liraga teng edi.

Mavzuga oid