Sport | 20:36 / 17.08.2018
10541
1 daqiqa o‘qiladi

Mashhur portugaliyalik Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

Foto: Image Sport

Koreya futbol assotsiatsiyasi portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu terma jamoaga yangi bosh murabbiy bo‘lganini e'lon qildi.

49 yoshli mutaxassis bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. Unga Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etish va JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi yuklatildi.

Janubiy Koreya terma jamoasi Bentu qo‘l ostida sentabrda debyut qiladi va Kosta-Rika (7 sentabr) bilan Chili (11 sentabr) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Bentu 2010 - 2014 yillar davomida Portugaliya terma jamoasini boshqargan edi.

Mavzuga oid