O‘zbekiston | 16:06 / 18.08.2018
41550
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi

Foto: islomkarimov.uz

Asadjon Xo‘jayev Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko‘maklashish markazi direktori etib tayinlandi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Xo‘jayev 2017 yil martidan avgustgacha prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati rahbari bo‘lib ishladi. Keyinchalik O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Taxminlarga ko‘ra, Asadjon Xo‘jayev mamlakatdagi eng yirik «Sharq taronalari» musiqa festivali ommaviy axborot vositalarida yetarli darajada yoritilmagani tufayli lavozimidan olingan.

2011-2012 yillarda Xo‘jayev Intellektual mulk agentligi, 2012-2017 yillarda - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga rahbarlik qilgan.

Mavzuga oid