Light | 02:44 / 22.08.2018
188202
13 daqiqa o‘qiladi

Amerika qamoqxonasini qanday tasavvur qilasiz? (fotosayohat)

Chikagolik Tomas — 54 yoshni qarshi olgan zobit. U Amerikaning Illinoys shtati markazi — Chikago shahri Kuk okrugi tarkibiga kiruvchi qamoqxonada 15 yildan beri ishlaydi.  U ozodlikni yuqori baholaydi va doimo qonun buzgan fuqaro jazo olish kerak, deb hisoblaydi. Amerikalik qanday bo‘lish kerak degan savolimizga esa tabassum bilan “Amerikalik amerikalik bo‘lish kerak”, deya javob berdi.

Serjant Tomas

AQShga safarimiz chog‘ida biz jurnalistlar jail qamoqxonasiga sayohat uyushtirdik. Maqsadimiz qamoqxona hayoti bilan tanishish va mahbuslar haq-huquqlari qay darajada ta'minlanishi, ularni sog‘lom hayotga qaytarish, tarbiyalash choralari bilan tanishish bo‘ldi. Tomas bilan ayni shu yerda uchrashdik va kichik suhbat qildik. Shu bilan birga, qamoqxona hayoti bilan batafsil tanishdik. O‘ylaymizki, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan birining tajribasi O‘zbekiston uchun ham kerak bo‘ladi.

AQShning penitensiar tizimiga kiruvchi jazo o‘tash muassasalari ikki turga bo‘linadi: jail va prison. Jail — vaqtincha saqlash izolyatori bo‘lib, unda ayblanuvchilar sud jarayoni tugaguniga qadar tutib turiladi. Odatda bu muddat olti oydan bir yilgacha davom etadi. Sud hukmi o‘qilgach, aybdor deb topilgan kishi prison’ga olib ketiladi va jazoning qolgan qismini o‘sha yerda o‘taydi. Biz tashrif buyurgan muassasa qamoqxonalarining jail turiga mansub edi.

Qamoqxona binosi

Illinoys shtatining markazi — Chikago shahri Kuk okrugi tarkibiga kiradi. Ushbu okrug vaqtinchalik tutib turish qamog‘i — Okrug sherifi ofisiga qarovchi Cook County Jail mamlakatda bu turdagi eng yirik muassasalardan biri hisoblanadi. Bu yerda 6500 dan ortiq mahbus tutib turiladi. Shuningdek, 2100 kishi uy qamog‘ida saqlanib, bevosita Cook County Jail tomonidan nazorat qilinadi. Mahbuslarning kattagina qismi (ayollarning 60 foizi, erkaklarning 30 foizi) aqliy ojiz bo‘lib, ular ko‘chada sarson yurgani yoki mayda bezorilikka qo‘l urgani bois olib kelinadi va davolanadi.

Qamoqxona ma'muriy binosi
Qamoqxona matbuot kotibi Sofiya Ansoriy va
Sheriflik adliya instituti direktori Xenki Gratto xonim

Mahbuslarning 93 foizi tergovgacha tutib turiladi. Qolgan 7 foizi — bir yildan kamroq muhlatga qamoq jazosiga hukm qilinganlarni tashkil etadi.

Umuman olganda, mahbuslarning Cook County Jail’da o‘rtacha ushlab turilish muddati — 63 kun. Lekin AQSh qonunchiligining o‘ziga xos jihatlari bu masalada ham kutilmagan holatlarni keltirib chiqargan: qotillik jinoyatiga qo‘l urgan besh nafar mahbus sud ishi hanuzgacha yakunlanmagani bois 11 yildan buyon ushbu muassasada saqlanadi.

Temir panjaralar orasidan avtoturargohga kirib borar ekanmiz, bizni kutib turgan qamoqxona matbuot kotibi Sofiya Ansoriyga ko‘zimiz tushdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, jazo muassasasida mas'uliyatli lavozimda faoliyat yuritayotgan qiz bizni iliqlik bilan qarshi olib, ofislar joylashgan binoga olib kirdi.

Binoning yuqori qavatlaridan birida bizga qamoqxona sxemasi namoyish etildi. Tushuntirishlaricha, muassasa hududi ko‘plab bo‘limlarga (division) ajratilgan bo‘lib, har birida maxsus funksiyalar bajariladi yoki muayyan toifadagi mahbuslar saqlanadi. Ma'muriy binodan tashqari, oshxonada, tibbiy ko‘rik bo‘limida ofitserlik kiyimida bo‘lmagan fuqaroviy xodimlar faoliyat yuritadi. Mahbuslar tutib turiladigan binolarda ofitserlar xizmat qiladi.

Qamoqxona ma'umuriyati ofisi
Qamoqxona maketi

Qamoqxona bo‘ylab sayohatimiz boshlanishidan oldin qiziq bir voqea ro‘y berdi. Sherif ofisida faoliyat yurituvchi Sheriflik adliya instituti direktori Xenki Gratto xonim hamkasbim Eldor Asanovning qo‘lidagi yozuv daftarchasini ko‘rib, unda metall element borligini, bu bilan qamoqxonaga kirish mumkin emasligini aytdi. Daftarchamizni vaqtinchalik topshirishga to‘g‘ri keldi — uning o‘rniga metall prujina o‘rnatilmagan yozuv daftari taqdim etildi. Daftardan tashqari, qamoqxona hududiga faqat bitta kamera olib kirishimizga ruxsat berildi, boshqa kameralar va telefonlar mashinada qoldirildi.

Jurnalist Eldar Asanov
Sheriflik adliya instituti direktori Xenki Gratto xonim

Ofis binosidan maxsus mashinada qamoqxona hududiga borishda muassasa biqinida joylashgan okrug jinoyat sudi binosi oldidan o‘tdik. Bino oldida tumonat odam to‘planib, qo‘llarida plakatlar ko‘tarib namoyish o‘tkazishayotgan edi. Plakatlardagi yozuvlardan tushunishimizcha, Reynaldo Gevara ismli sudya tomonidan o‘qilgan hukmlar adolatsiz bo‘lgani bois u tufayli qamalganlarning yaqinlari norozilik aksiyasi o‘tkazayotgan ekan.

Okrug jinoyat sudi binosi oldidagi namoyish
Okrug jinoyat sudi binosi oldidagi namoyish

Nihoyat, bir necha bosqichli xavfsizlik tekshiruvidan so‘ng mahbuslar saqlanadigan xonaga kirdik. Bitta shunday xonada 23 ta kamera (cell) bor. Cell’larning har birida ikki nafardan mahbus saqlanadi. Mahbuslar kameralardan chiqib, umumiy zalda ovqatlanishi, vaqt o‘tkazishi, televizor ko‘rishi va telefon orqali tashqari bilan gaplashishi mumkin.

Qamoqxona nazorat punkti
Qamoqxona yo‘lagidagi mukofotlar devori
Mahbuslar saqlanadigan cell ga olib boruvch yo‘lak

Mahbuslar, shuningdek, tashqariga ham turli ishlarni bajarishga olib chiqiladi. Oshxona yumushlari, kir-chir yuvish, tozalash, shuningdek, dehqonchilik ishlari eng asosiy mashg‘ulotlar hisoblanadi. Gratto xonimning ta'kidlashicha, mahbuslar, ayniqsa, dehqonchilik ishlarini xush ko‘radi, negaki bu ularga kuni bilan ochiq osmon ostida bo‘lish, quyoshni ko‘rish imkonini beradi.

Mahbuslar saqlanadidan xona (cell)
Mahbuslar saqlanadigan kameralar
Umumiy hojatxona
Umumiy yuvinish xonasi
Umumiy ovqatlanish stoli
2 kishilik kamera
Kameralar  nazoratchisi xonasi
Mahbuslarning televizor ko‘rish joyi

Darvoqe, qamoqxona tomorqasida yetishtirilgan sabzavotlar Chikagoning mashhur tamaddixonalariga, jumladan, Saprophina, Belly Sunday restoranlariga yetkazib beriladi.

Mahbus qamoqxona tomorqasida mehnat qilmoqda

Kelib tushgan pulning asosiy qismi qamoqxona ehtiyojlariga sarflanadi, kichik qismi mehnat haqi sifatida mahbuslarning plastik kartalariga o‘tkazib beriladi — ular bu puldan maxsus do‘kon — Comissary’da kundalik xaridlarni amalga oshirishda, qo‘shimcha ovqat, ichki kiyim, paypoq va maishiy buyumlar sotib olishda foydalanishi mumkin.

Qamoqxona cell fayesidagi suhbat

Sheriflik adliya instituti mahbuslar bevosita ishlab, ularning jamiyatdan uzilib qolmasligini ta'minlash uchun turli dasturlarni amalga oshiradi. Ayniqsa, 18–24 yosh orasidagi mahbuslarga alohida e'tibor qaratiladi: ular har kuni 8 soat ochiq osmon ostida vaqt o‘tkazishi, ko‘proq foydali mehnat qilishi, kutubxonaga borishi ta'minlanadi. Bundan tashqari, giyohvand moddalarga o‘rganib qolganlarga, ayollarga, e'tiqodli insonlarga mo‘ljallangan alohida dasturlar ishlab chiqilgan. Mahbuslarning 7 foizini (400 kishini) ayollar tashkil qiladi. Ularni qamoqxonada zo‘ravonlikdan asrash, jinoyat olamiga kirib ketishdan saqlash va foydali mehnatga o‘rgatish ayollar dasturining asosiy vazifalaridir. Binoning beshinchi qavati ayollarga ajratilgan. 400 ayolning 12 nafari homilador; ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatib boriladi, salomatligi doimiy nazorat qilinadi. Qamoqxonada tug‘ilgan bolalar vasiylariga topshiriladi. Vasiylar bo‘lmagan taqdirda onasi qamoqdan chiqquniga qadar davlat muassasasida parvarish qilinadi.

Qamoqxona cell fayesidagi suhbat
Qamoqxona cell fayesidagi suhbat

E'tiqodli insonlar bilan qamoqxonaning diniy xizmatlar bo‘limi ishlaydi. Ular o‘z vaqtida namoz o‘qishi, boshqa turdagi ibodatlarni qilishi, shuningdek, o‘z dinining ruhoniylari bilan uchrashib turishi ta'minlanadi.

Maxbuslar uchun maxsus elonlar devori

Cell’lar bilan tanishuvdan so‘ng bizni uzundan-uzoq yo‘lkalar orqali mahbuslar taqsimlanadigan bo‘limga olib borishdi. Bu yerda politsiya formasidagi insonlar tinimsiz u yerdan bu yerga o‘tib yurishar, qandaydir qog‘ozlarni to‘ldirishar edi.

Qamoqxonadi maxsus kamera
Qamoqxona xodimlarining ish joyi

Bezorilik, mayda o‘g‘rilik va boshqa sabablar bilan tutib kelinganlar, asosan, yoshlar ochiq kameralarda uymalashib o‘tirib, taqdiri hal bo‘lishini kutar edi. Qo‘limizdagi kameralarni ko‘rishi bilanoq ba'zilar yuzlarini kiyimi bilan to‘sib oldi, ayrimlar esa baland ovozda suratga olishni to‘xtatishimizni talab qildi.

Jail ga tushgan fuqarolar
Jail ga tushgan fuqarolar

Katta ochiq kameralardan tashqari, xavfli jinoyatchilarga mo‘ljallangan kichik yopiq kameralar ham bor ekan. Shulardan biriga kirib suratga tushayotganimizda bir ofitser ayol “Endi bizlar bilan qolasizlar!”, degancha hazillashib, bizni qulflab qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu voqea kayfiyatimizni ko‘tarib, muassasadagi tundlik kayfiyatini biroz tarqatgandek bo‘ldi.

Kichik yopiq kamerada esdalik uchun surat

Bu bo‘limda tutqunlar bir sutka davomida saqlanadi. Shu 24 soat ichida ular yo chiqib ketadi (jinoyati jiddiy emasligi bois yoki garov puli evaziga qo‘yib yuboriladi) yoki yuqoriga — cell’larga o‘tkaziladi va sud hukmini kutadi.

Qamoqxona xodimlarining ish joyi

Har kuni o‘rtacha 60 kishi tutib kelinadi. Yakshanba kunlari bu ko‘rsatkich 220 kishiga yetishi mumkin. Mahbuslar sud majlisiga ham aynan shu bo‘limdan olib ketiladi. Shu yerning o‘zida tutqunlar advokatlari bilan uchrashishi uchun maxsus xona bor.

Tutqinlar advokatlari va yaqinlari bilan suhbatlashmoqda

Biz tashrif buyurgan diqqatga sazovor yana bir joylardan biri tibbiy bo‘lim bo‘ldi.

Serjantlar Tomas va Lyuis

Bu yerda professional shifokorlar ishlaydi. Ular har kuni muayyan soatlarda mahbuslarni ko‘rikdan o‘tkazib, salomatligini tekshiradi, mahbuslar kiyimini almashtiradi.

Nazorat punkti
Nazorat punkti. Metalodetektor
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xonasi
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xonasi
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xonasi
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xonasidagi jihozlar
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xonasidagi jihozlar
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xonasi
Tutqin zobit nazoratida olib ketilmoqda

Uzoq rasmiyatchilikdan so‘ng ular qo‘lga urgan jinoyatning og‘ir-yengilligiga qarab tasniflanib, minimum security, medium security yoki maximum security toifalaridan biriga kiritiladi va tegishli bo‘limga olib ketiladi. Rasmiy jarayonlar ancha murakkab bo‘lib, aytaylik, kichik o‘g‘rilikka bir necha bor qo‘l urgan shaxs ham maximum security toifasiga kiritilishi mumkin. mahbuslarning pulidan boshqa hamma narsasi olib qo‘yiladi. Pul esa plastik kartaga o‘tkazilib, mahbusga Comissary orqali xaridlar amalga oshirilishi uchun taqdim etiladi.  Bir bemorga o‘rtacha 5–6 soat vaqt sarflanadi.

Ruhiy kasal bo‘lgan tutqinlar saqlanadigan kameralar 
Qamoqxona hududida 2200 ta kuzatuv kamerasi mavjud

Darvoqe, Tomas bilan suhbatimiz alohida va juda samimiy bo‘ldi. Uning aytishicha, harbiy xizmatdan qaytganidan so‘ng bu kasbni tanlagan. Doimiy sport bilan shug‘ullangani uchun unga doim yosh ko‘rinishini aytishar ekan.

Qamoqxonaning fuqarolar uchun kirish eshigi
Menimcha, bu Tomas aytgan haqiqiy amerikalik yigit bo‘lsa kerak

Qamoqxonaga sayohatimiz qiziq voqea bilan yakunlandi. Serjant Tomas bilan esdalikka suratga tushayotganimizda endigina qamoqxonaga olib kirib ketilayotgan bir yigit amerikacha tabassum bilan unutilmas kadrga tushdi. Menimcha, bu Tomas aytgan haqiqiy amerikalik yigit bo‘lsa kerak. 

Qamoqxonaga sayohatidan qaytish
Esdalik uchun surat

Mavzuga oid