Jahon | 09:40 / 24.08.2018
14882
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya sobiq prezidentining qamoq muddati 25 yilgacha oshirildi

Foto: Yonhap

Koreya Respublikasi apellyatsiya sudi sobiq davlat rahbari Pak Kin Xeni 25 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.

Aprel oyida quyi instansiya sudi sobiq prezidentni 24 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Xabar qilinishicha, Pak Kin Xe o‘z dugonasi Chxve Sun Sil bilan birga o‘nlab million dollarni sarflab yuborgan.

Apellyatsiya sudi sobiq prezidentga avvalgi hukmni yengil deb hisoblagan prokurorlarning iltimosiga ko‘ra, Pak Kin Xega qarshi ishni ko‘rib chiqdi. Ayblov tomoni Janubiy Koreya sobiq yetakchisi 30 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi va 118,5 milliard von miqdorida jarimaga tortilishini talab qilgan.

Mavzuga oid