O‘zbekiston | 01:56 / 28.08.2018
15022
1 daqiqa o‘qiladi

Erkinjon Turdimov samarqandlik ziyolilar bilan uchrashdi

Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov 27 avgust kuni ommaviy axborot vositalari vakillari, ijodkor ziyolilar bilan uchrashib, ularni Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi bayrami bilan tabrikladi.

«Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini ta'minlash, samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda biz sizga tayanamiz, Samarqandning intellektual salohiyati juda yuqori. Lekin bu salohiyatdan hali unumli foydalana olmayapmiz. Bugun ushbu masalalarda o‘zaro fikrlashib olsak maqsadga muvofiq bo‘ladi», dedi E.Turdimov.

Viloyat rahbari o‘z jamoasini — hokim o‘rinbosari va boshqaruv apparati xodimlarini ziyolilarga tanishtirdi.

Samarqandga tashrif buyurgan taniqli mehmonlar va viloyat san'atkorlari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbirga fayz bag‘ishladi.

Sh.Shokirjonov,
Kun.uz muxbiri

Mavzuga oid