Jizzax viloyatida aeroport tashkil etilishi mumkin
Jizzax viloyatida ish olib borishga qiziqish bildirgan kompaniyalar soni ortib borishi bilan hududda viloyatda aeroport xizmatiga bo‘lgan talab ortyapti. Bu haqda Kun.uz muxbiri viloyat hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov so‘zlariga tayangan holda xabar bermoqda.
«Sarmoyadorlarning ko‘pchiligi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga qiziqadi. Hudud Samarqand viloyatiga yaqin, bir tarafdan Toshkent shahriga ham yetib olish mumkin. Biroq, biznes rivojlanishi bilan sanoat maqsadida foydalanish uchun aeroport xizmati zaruriyatga aylanmoqda. Albatta, mutasaddilar bu masalani o‘rganishmoqda», deydi u.
Ma'lum qilinishicha, Jizzax hududida faoliyat ko‘rsatgan Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti joriy yilning 1 sentabridan boshlab, Qarshi shahrida ish boshlashi munosabati bilan uning foydalanishida bo‘lgan aerodrom bo‘sh qolmoqda. Rahbariyat mana shu imkoniyatdan oqilona foydalanish maqsadida, aynan shu yerda aeroport xizmatini tashkil etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, respublikaning barcha ma'muriy birliklari, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham aeroport xizmati bo‘lib, faqat Sirdaryo va Jizzax viloyatida bu tashkil etilmagandi. Biroq, Jizzax viloyati Forish tumanida fuqaro aviatsiyasi liniyasida havo yo‘li mavjud bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:24 / 25.12.2024
Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgani ma’lum qilindi
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
13:24 / 16.12.2024
AQShdagi aeroport noma’lum dronlar tufayli yopildi
13:21 / 16.12.2024