Light | 14:41 / 02.09.2018
31058
2 daqiqa o‘qiladi

Immunitet va jismoniy faollik

Agar sizni yo‘tal, shamollash kasalliklari, doimiy charchoq hissi tez-tez bezovta qilsa, u holda haftada bir necha marta kundalik sayrlar yoki oddiy jismoniy mashqlar o‘zingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi.

Jismoniy faollik immun tizimiga bakterial va virus infeksiyalarini mag‘lub qilishga yordam beribgina qolmay, yurak kasalliklari, osteoporoz va saraton rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Jismoniy faollikning sog‘lomlashtiruvchi ta'siriga qaramay, me'yor hissi haqida unutish kerak emas. Marafonda yugurish yoki sport intensiv mashqlar kabi og‘ir va uzoq harakatlar aslida aylanuvchi leykotsitlar sonini pasaytirib, stress gormoni ajralishini kuchaytirib, immun tizimiga qarama-qarshi ta'sir ko‘rsatadi.

Foto: pixabay

Tadqiqotlarga ko‘ra, kamharakat hayot tarzidan me'yoriy faol hayot tarziga o‘tgan odamlar sog‘liq uchun ko‘proq foyda olishadi. Bunday jismoniy faollik dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Farzandlaringiz bilan haftada bir necha marta velosipedlarda sayr qilish;
  • Kundalik 20-30 daqiqalik piyoda sayrlar;
  • Kun ora sport zalida shug‘ullanish;
  • Muntazam ravishda tennis o‘ynash.

Bundan tashqari, jismoniy faollik insonning kayfiyatini yaxshilaydi, zero mashg‘ulotlar davomida siz o‘zingizni kuch-quvvatga to‘layotganingizni his qilasiz. Shuning uchun jismoniy faollikni orqaga surmang, tezroq aerobikaga yoziling yoki shunchaki ko‘chada piyoda sayr qilishga odatlaning. Qarabsizki, o‘zingizni yanada sog‘lom va serg‘ayrat his qilasiz!

Mavzuga oid