Fan-texnika | 19:09 / 02.09.2018
6396
2 daqiqa o‘qiladi

Waymo haydovchisiz taksi xizmatini taklif etishga tayyor

Shu yilning mart oyida haydovchisiz avtomobil ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng, boshqaruvchisiz avtomobillar kelajagiga shubha bilan qaraydiganlar yanada ko‘paydi. Shunga qaramasdan, Alphabet xolding tarkibiga kiruvchi Waymo kompaniyasi jarayonlardan qo‘rqmayapti, rahbariyat yil oxiriga qadar boshqaruvchisiz taksi xizmatini ishga tushirishni o‘ylamoqda. 

Foto: The Verge

The Verge nashriga ko‘ra, tez orada Waymo noan'anaviy shakldagi taksi xizmatini jamoatchilikka taklif etishi kutilmoqda. Xizmatni  tajribadan o‘tkazishga Finiks shahridagi 400dan ortiq ko‘ngilli yo‘lovchilar  bir yil davomida ko‘mak berdi. Early Ride dasturi nomi bilan atalgan sinov davrida xizmat ancha mukammallashtirilgani aytilmoqda. 

The Verge muxbiri futuristik ko‘rinishdagi Waymo avtoturargohida ham bo‘lgan. Muxbirning tasvirlashicha, u yerda kompaniya muhandislari har kuni avtomobillarga o‘rnatilgan lidar-sensor va kameralarni ko‘zdan kechiradi. Hozircha xizmatga otlangan taksi kabinasida haydovchi bor, ammo u mashinani boshqarmaydi, shunchaki tizimning muvofiq ishlashini kuzatib boradi. 

Easy Ride dasturi bo‘yicha Waymo dastur kuzatuvchisi ham bo‘lmagan taksi xizmatini taklif etishni rejalashtirgan.

Foto: The Verge
Foto: The Verge
Foto: The Verge

Mavzuga oid