Belaruslik mutaxassislar O‘zbekistondagi AES qurilishida ishtirok etishga tayyor
Belaruslik mutaxassislar O‘zbekistondagi AES qurilishida bevosita ishtirok etishga tayyor. Bu haqda Belarus Respublikasining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich O‘zA’ga ma'lum qildi.
Elchining ta'kidlashicha, yadro energetikasi sohasidagi aloqalar o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishi bo‘lishi mumkin.
«Belarus yaqin orada rossiyalik sheriklar bilan o‘z AESi qurilishini yakunlaydi. Birinchi energoblokni 2019 yilda, ikkinchisini 2020 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan», - deya qayd etib o‘tdi diplomat.
«Ma'lumki, O‘zbekiston 2028 yilgacha AES qurishni rejalashtirgan. Belaruslik loyihalash va qurilish tashkilotlari atom energetika obektlarini qurish bo‘yicha ma'lum tajribaga ega. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida yurtimiz yangilangan energetika tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlovchi yangi ta'lim yo‘nalishlari ochildi», - deydi u.
Elchining bildirishicha, belaruslik mutaxassislar O‘zbekistondagi AES qurilishida bevosita ishtirok etibgina qolmay, balki texnika va uskunalar bilan ta'minlash, maslahat yordami ko‘rsatish, kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etishga ham tayyordir.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tinch maqsadlarda foydalanish uchun atom energetikasini barpo etishga kirishildi. Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur kompleks 2ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt bo‘ladi. Atom elektr stansiyasi uchun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy energoblok tanlab olingan. Uni 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.
Atom elektr stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
22:47 / 07.12.2024
Yaponiyada «Simane» AESining ikkinchi reaktori qayta ishga tushirildi
17:46 / 30.11.2024
Mislsiz radiatsiya va qurbonlar: Chernobil fojiasi qanday sodir bo‘lgandi?
11:40 / 19.10.2024