Suhbat jarayonida asablarni tinchlantirishning 6 usuli
Ishga joylashish yoki o‘qishga kirishdan avval o‘tkaziladigan suhbat jarayoni – kuchli zo‘riqish. Siz bu ish sizga mos ekaningizni bilasiz va ishga oladigan odamda yaxshi taassurot qoldirishingizning o‘zi kifoya. Biroq asablar pand beradi. Bunday vaziyatda xotirjamlikni saqlash uchun nima qilish lozim?
Asosiy ma'lumotlarni biling
Suhbat qanday o‘tkazilishi muhim emas. U xoh telefon orqali, xoh kompaniya ofisida rekruterlar yoki top-menejyerlar tomonidan o‘tkaziladimi, unga tayyorgarlik ko‘rishingiz shart.
Kompaniya, bo‘lajak ishingiz va vazifalaringiz to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlarni o‘rganing. O‘zingiz haqingizda gapirib berishingiz, so‘ralganida aytish uchun qisqa nutq tayyorlang. Tayyorgarlik – xavotirni yengishning eng yaxshi usuli.
Mashq qiling
Suhbat jarayonini do‘stingiz, oila a'zolaringiz, ustozingiz bilan mashq qiling.
Amaliyot miyada tanlangan xulq-atvor tipiga javob beradigan neyron aloqalarni o‘rnatishda yordam beradi. Siz odat bo‘yicha avtomatik tarzda javob berasiz. Bu neyron aloqalarini mustahkamlash orqali zo‘riqish holatida kerakli javobni aytish osonlashadi.
Tushkunlikka tushmang
Bari yaxshi ketayotgandek ko‘rinsa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qilish lozim. O‘zingizga quloq soling. Ana o‘shanda ish qidirish uchun yana vaqt sarflashga to‘g‘ri kelmaydi.
O‘zingizni maslahat beruvchi odam sifatida tuting. Siz ham kompaniyani baholashingiz kerak. U sizga haqiqatan mos kelish-kelmasligini tushunishingiz lozim.
Muhimi – o‘zingizga ishonch
Psixologiyada ishonch tushunchasi odamning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga bo‘lgan ishonchini anglatadi. Bu juda muhim xususiyat.
O‘z ko‘nikmalaringiz va jihatlaringizni o‘rganing. Agar o‘zingiz uchun yangi bo‘lgan soha bo‘yicha ishga joylashmoqchi bo‘lsangiz, o‘tmishdagi qaysi tajribalaringiz sizga yordam berishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Kuchli ishonch hissi lavozimni egallashga munosib ekaningizni ish beruvchiga yetkaza olish imkonini beradi.
Kuchingizni to‘g‘ri baholang
Balki bitta kompaniyada ko‘plab suhbatlardan o‘tishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Agar sizga bu jarayon juda cho‘zilib ketgandek tuyulsa, ishga nisbatan avvalgidek ishtiyoq sezmasangiz, ko‘nglingizga quloq solganingiz ma'qul.
Rezyumeda odamlar juda ko‘p ma'lumot berganida o‘zini ideal nomzod sifatida ko‘rsatishni istaydi. Biroq bu usul ish bermaydi. Ba'zida bu kabi nomzodlar aynan shu ishga kirish yo‘lida o‘zlariga salbiy tomonlarni “so‘rab olishadi”. Masalan, kam maoshga rozi bo‘lishadi. Bunday qilish yaramaydi. O‘zingizni tabiiy tuting.
Nafas oling
Ishga joylashish imkoniyatidan boshingiz ko‘kka yetayotgan bo‘lsa-da, bu jarayon uzoq va odamni charchatadigan bo‘lishi mumkin.
Hordiq chiqarishning har bir daqiqasidan foydalaning. Masalan, kelasi safar suhbatga ketayotganingizda chuqur nafas oling. Yodingizda bo‘lsin, siz ham joylashmoqchi bo‘lgan ish joyingizni baholashingiz lozim. Haqiqatan ham u yerdagi odamlar sizga yoqyaptimi? Yoki ularning yonida o‘zingizni noqulay his qilganingiz uchun charchayapsizmi?
Mavzuga oid
15:42 / 20.12.2024
O‘zbekistonlik kadrlarni Chexiyada ishga joylashtirish boshlanadi
12:29 / 18.12.2024
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyadagi yirik ish beruvchilar bilan muzokara o‘tkazdi
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
15:32 / 09.12.2024