Sport | 14:56 / 07.09.2018
12149
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya terma jamoasiga doimiy sardor tayinlandi

Foto: Dan Mullan/Getty Images

Braziliya termasi bosh murabbiyi Tite jamoaning doimiy sardori masalasiga oydinlik kiritib oldi.

Ma'lum bo‘lishicha, endilikda termaning sardorlik bog‘ichi «PSJ» hujumchisi Neymarga tegishli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 vaqtida Tite sardorlar rotatsiyasini amalga oshirgan edi.

Besh karra jahon chempioni bo‘lgan jamoa bugun AQSh terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan ertaga tonggi soat 4:30 da boshlanadi.

Mavzuga oid