Jamiyat | 20:40 / 10.09.2018
34244
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatidagi kanaldan ona va bolaning murdasi topildi

Urganch shahridan oqib o‘tuvchi Shovot kanalidan 9 sentabr kuni ertalab bir ayol va bir chaqaloqning murdalari topilgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati ma'lum qilishicha, ayol 1988 yilda tug‘ilgan, Urganch tumanidagi Shohidonlar mahallasida yashovchi X., chaqaloq esa uning 2018 yilda tug‘ilgan qizalog‘i N. bo‘lib chiqqan.

X. eri M. va qaynonasi Z.ning tikuvchilik qilish uchun sharoit yaratib bermaganligidan va 1 sentabr kuni eri uni ota-onasining uyiga olib bormaganligidan xafa bo‘lib, hech kim bilan gaplashmay, 8 sentabr kuni soat 15:00 atrofida qizini qo‘liga olib, uydan chiqib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («qasddan odam o‘ldirish») 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid