Jahon | 00:37 / 11.09.2018
8280
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha tashqi ishlar vazirligidan MGIMO bitiruvchilari bo‘shatib yuborildi

Foto: Adrian Grycuk / Wikimedia

Polsha tashqi ishlar vazirligida rahbarlik lavozimlarini egallagan, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) bitiruvchilari bo‘shatib yuborildi. Bu haqda vazir Yatsek Chaputovich ma'lum qildi. 

Chaputovichning aytishicha, vazirlikning rahbar xodimlar tarkibi deyarli 100 foizga o‘zgartirilgan. “Hozirda na mamlakatda, na xorijda kommunistik xizmatlar xodimlari yoki MGIMO talabalari ro‘yxatida bo‘lganlar yo‘q”, deb aytgan Chaputovich.

Uning ta'kidlashicha, hukumat uchun hokimiyat tomonidan o‘tkazilayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlash muhim. Ma'lum qilinishicha, Chaputovich yanvarda lavozimini bajarishga kirishi bilanoq eski ishchilarni bo‘shatib, yangi xodimlarni olish istagini bildirgan.  

Sentyabrda Polshadagi vazirliklardan birining sobiq xodimiga Rossiya foydasiga josuslik qilish ayblovi bildirilgan. Ta'kidlanishicha, erkak Polsha iqtisodiyot vazirligidagi ishida olgan ma'lumotlarni uzatib turgan. 

Mavzuga oid