Jamiyat | 17:09 / 11.09.2018
43815
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda er-xotin janjali qotillik bilan yakun topdi

Foto: Videodan kadr

8 sentabr kuni Qo‘qon shahrining Baxt ko‘chasi 55a-uyda fuqaro Baxtiyor Rahmonqulov turmush o‘rtog‘i Umida Rahmonqulova bilan janjallashib qoladi. 

«Muloqot TV»ning «Davr» informatsion dasturidagi lavhada aytilishicha, jahl otiga mingan Baxtiyor Rahmonqulov turmush o‘rtog‘ining tana qismiga pichoq bilan urgan.

Umida Rahmonqulova olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etdi. Baxtiyor Rahmonqulov esa qo‘lga olingan. Tergov jarayonlarida gumonlanuvchi qilgan ishidan pushaymon ekanligini aytib o‘tdi. 

Mazkur holat yuzasidan hozirda jinoyat ishi ochilgan. Baxtiyor Rahmonqulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Lavhada aytilishicha, mazkur oilada er-xotin o‘rtasida muntazam ravishda janjallar sodir bo‘lib turgan. Lekin mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar, keng jamoatchilik bunga e'tibor qaratmagan. Oqibatda bu beparvolik bir insonning hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid