Jamiyat | 12:46 / 12.09.2018
20561
1 daqiqa o‘qiladi
Surxondaryoda er rashk tufayli xotinini qasddan o‘ldirdi
2018 yil 8 sentabr kuni soat 07:30larda Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Navro‘z mahallasida yashovchi fuqaro U. (1976 yilda tug‘ilgan erkak kishi) yashash uyida turmush o‘rtog‘i Q. (1981 yilda tug‘ilgan ayol kishi) bilan rashk negizida o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan uning ko‘krak qafasi sohasiga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:51 / 16.12.2024