Tuxum sog‘liq uchun foydalimi?
Uzoq vaqt mobaynida tuxumga qondagi xolesterinning asosiy manbalaridan biri sifatida qaraldi. Ma'lumki, uning yuqori miqdori xavfli yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi. Biroq yangi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, oziq-ovqat mahsulotlari bilan organizmga kelib tushadigan xolesterin miqdori yuqori emas. U qondagi xolesterin miqdoriga katta ta'sir ko‘rsatmaydi.
Uzoq vaqt mobaynida tuxum parhezshunos va shifokorlar orasidagi salbiy mavqeini saqlab keldi. Ko‘pchilik tuxumni haqiqiy «xolesterin bombasi» deb atadi. Biroq yangi tadqiqotlar bu mahsulotga avvalgi mashhurlik va obro‘ni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, agar chaqaloqlar bir yarim yoshidan boshlab kuniga hech bo‘lmaganda bitta tuxum iste'mol qilmasa, ularga kamqonlik xavf soladi va rivojlanishdan orqada qolish xavfi kuchayadi.
Hayotingizni omlet, qandolat mahsulotlari va blinchiklarsiz tasavvur eta olasizmi? Boshqacha qilib aytganda,ratsioningiz tuxumsiz to‘liq bo‘ladimi? Mazkur asosiy mahsulot har bir uyda bor. Bu ham tasodif emas. Kundalik hayotda taom tayyorlashda tuxum o‘rnini boshqa mahsulotga almashtirish qiyin.
Tuxum – oqsilning muhim manbai. U organizmga barcha hayotiy muhim aminokislotalarni yetkazadi. Tuxumda temir, kalsiy va B12vitamini ko‘p. Oqsil va temirning mo‘lligi sabab mahsulot aholining sportchi, jismoniy ish bilan shug‘ullanadiganlar, buyrak kasalligiga chalingan bemorlar kabi kategoriyasi uchun ayniqsa foydali.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tuxumni chaqaloqlar ratsioniga kiritishni tavsiya qiladi. Bu esa ilk yoshda tez-tez uchraydigan kamqonlik ehtimolining oldini olishda yordam beradi.
Umuman olganda tuxumga uning avvalgi ijobiy nomini qaytarish vaqti keldi.