Fan-texnika | 14:50 / 14.09.2018
10331
1 daqiqa o‘qiladi

Xaker onlayn-kazinoda qatorasiga 24 marta jyek-potni qo‘lga kiritdi

Foto: Shutterstock

Runningsnail taxallusi ostidagi xaker DEOSGames onlayn-kazinosida ketma-ket 24 marta jyek-potni qo‘lga kiritdi. U yutuqni o‘z hisobiga o‘tkazganidan so‘ng kazinoni tark etdi. Bu haqda DEOSGames o‘zining Twitter-akkauntida xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, xaker onlayn-kazinoga  hujum qilish natijasida qariyb 24 ming dollarni qo‘lga kiritgan.  
DEOSGames mazkur hujumni foydali saboq deb atadi. «Bu yaxshigina stress-test bo‘ldi va biz sezilarli darajada kuchaydik», — dedi kompaniya vakillari.

Avvalroq kazino ma'lumotlar bazasini akvarium ichidagi «aqlli» termometr orqali buzib kirgan xakerlar haqida xabar qilingandi. Jinoyatchilar uning signalidan kazino ichki tarmog‘iga kirish  uchun foydalanishgan.

Mavzuga oid