Jahon | 17:50 / 16.09.2018
5041
3 daqiqa o‘qiladi

Google Xitoy hukumatiga fuqarolar telefon raqamlarini to‘plashga ko‘mak bermoqda

Foto: CNN

Google Xitoy uchun senzurali qidiruv tizimi prototipini yaratdi, u foydalanuvchilarning qidiruv so‘rovnomalarini ularning telefon raqamlari bilan bog‘laydi, shu tariqa Xitoy hukumati uchun fuqarolar so‘rovnomalarini kuzatish va ular haqidagi ma'lumotlarni olishni yengillashtiradi. 

Dragonfly kod nomi ostidagi qidiruv tizimi Android-qurilmalar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, u hukmron Xitoy kommunistik partiyasi rejimiga to‘g‘ri kelmaydigan kontentlarni o‘chiradi. Masalan, u yerda siyosiy dissidentlar, so‘z erkinligi, demokratiya, inson huquqlari va tinchlik maqsadlaridagi norozilik namoyishlari haqidagi ma'lumotlarni topish imkoni bo‘lmaydi. The Intercept ma'lumotlariga ko‘ra, Google "inson huquqlari", "talabalarning norozilik namoyishi" va "Nobel mukofoti" kabi atamalardan iborat "qora ro‘yxat"ni tuzib chiqqan. 

Huquqni muhofaza qiluvchi yetakchi organlar vakillari Dragonfly'ni tanqid qilib, kompaniya "inson huquqlarining buzilishida ishtirok etayotgani yoki bevosita shunga turtki berayotgani"ni aytishdi. Guruhlar tomonidan bildirilgan asosiy xavotir - senzuradan tashqari, mahalliy hukumat Google'ning Xitoyda saqlanuvchi siyosiy faollar va jurnalistlarga oid ma'lumotlariga kirish imkoniga ega bo‘lishi mumkinligidan.

Loyiha bilan tanish manbalarning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv tizimi prototiplari foydalanuvchining Android-smartfondagi qidiruv tizimini telefon raqami bilan bog‘laydi. Bu esa muayyan kishilar qidiruvi osonlikcha amalga oshishidan dalolat beradi, shu tariqa hukumat tomonidan taqiqlangan ma'lumotni izlayotgan har qanday foydalanuvchi so‘roq qilinish yoki hibsga olinish xavfi ostida bo‘lishi mumkin. 

Google'dagi manbalardan birining ta'kidlashicha, kompaniya Xitoy hukumati bilan yaqindan hamkorlik qiladi va hatto Dragonfly'ga integratsiya qilingan tizimni yaratgan.

Google Xitoyning servisni senzuralashtirishga doir rejalariga izoh berishdan bosh tortgan. Kompaniya shuningdek Dragonfly bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilishdan ham bosh tortgan, jurnalistlar va AQSh senatorlarining savollarini javobsiz qoldirgan. 

Mavzuga oid