Jahon | 10:01 / 18.09.2018
4699
1 daqiqa o‘qiladi

«Florens» po‘rtanasi qurbonlari soni 32 kishiga yetdi

Foto: Gerry Broome/AP

14 sentabr, juma kuni AQShning sharqiy qirg‘og‘iga yopirilgan «Florens» tropik po‘rtanasi qurbonlari soni 32 kishiga yetdi. Bu haqda CBS News xabar bergan.

Avvalroq, 24 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Bundan tashqari, Shimoliy va Janubiy Karolinadagi yarim milliondan ortiq uy hamon elektr energiyasiz qolmoqda.

Hozirgi vaqtda Shimoliy va Janubiy Karolinaning 27 mingdan ortiq aholisi vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.

«Florens» asta-sekin o‘z kuchini yo‘qotmoqda, ammo hozirgi kunda eng katta muammolar yomg‘irdir. Misol uchun, Morxed va Nyuportda 60,3 sm yomg‘ir yog‘gan bo‘lsa, Shimoliy Karolina shtatidagi rekord - 61,1 sm.

Mavzuga oid