Jamiyat | 14:42 / 18.09.2018
15211
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar xodimining boshiga tosh bilan urgan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 17 sentabr kuni Oq ostona mahallasida yashovchi T.B. shu mahalla hududida joylashgan ichki ishlari organlari tayanch punktiga kelib shu yerda xizmat olib borayotgan Uzun tumani IIB xodimi S.M.ga “sen ishlamayapsan, menga gaz ballon olib bermayapsan”, - deb  tashqariga chiqib shovqin ko‘targan vaqtida S.M. uning oldiga chiqib uni tartibga chaqirgan.

Natijada T.B. xodimning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan va xodim kasalxonaga yotqizilgan. 

T.B. ushlangan. Surishtiruvni tuman prokuraturasi olib bormoqda.

 

Mavzuga oid