Pxenyanda KXDR va Janubiy Koreya prezidentlarining muzokarasi boshlandi
Pxenyanda Koreya respublikasi prezidenti Mun Chje In va KXDR raisi Kim Chen In o‘rtasida bevosita muzokaralar boshlandi. Ikki Koreya o‘rtasidagi sammit 20 sentabrga qadar davom etadi.
Muzokaralarda Janubiy Koreya tomonidan prezident Mun Chje In, milliy razvedka xizmati boshlig‘i So Xun va prezident ma'muriyatining davlat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Chon Iy Yon ishtirok etmoqda.
KXDR tomonidan davlat kengashi raisi Kim Chen In, vatanni tinch yo‘l bilan birlashtirish qo‘mitasi raisi Li Son Gvon va KXDR rahbarining singlisi Kim Yo Chjon qatnashmoqda.
Muzokaralarning asosiy mavzusi yadroviy qurolsizlanish, Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi muloqotlarning jonlanishi va Koreya yarimorolidagi harbiy keskinlikni yanada pasaytirish masalalari bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:41 / 07.01.2025
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish orderi muddati uzaytirildi
17:25 / 07.01.2025
KXDR gipertovushli ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi
21:11 / 06.01.2025
KXDR «sosiskali sho‘rva» uchun odamlarni lagerlarga yuborishni boshladi - OAV
19:59 / 06.01.2025