BMT AQSh va KXDR muzokaralaridagi o‘z o‘rnini belgilab oldi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning CNN telekanali efirida ma'lum qilishicha, tashkilot Qo‘shma Shtatlar hamda Shimoliy Koreyaning muzokaralari jarayoniga aralashish niyatida emas.
BMT yetakchisining fikriga ko‘ra, uchinchi tomonning tashabbuslari muzokara jarayoniga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti AQSh va KXDR o‘rtasidagi kelishuvlar asosida o‘z o‘rnini egallashgan tayyordir.
«Biz nimani qilmoqchi emasmiz - bu muzokaralarga aralashish yoki parallel tashabbuslar bilan chiqish», - dedi Guterresh.
BMT bosh kotibining ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi muzokaralar «juda muhim» hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning KXDRdagi elchisi AQShni ayblab chiqqandi.
Mavzuga oid
16:03
Oq boshli burgut rasman AQShning milliy qushiga aylandi
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
16:21 / 25.12.2024