Light | 18:26 / 24.09.2018
11859
4 daqiqa o‘qiladi

Qanday qilib moslashuvchan yetakchiga aylanish mumkin?

IMPACT kompaniyasining bosh operatsion direktori Kris Depri o‘zgarishlarga moslashishning ahamiyati, bu bo‘yicha mohirlikka erishish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yetakchisiz, ammo o‘zgarishni bilmasangiz, to‘g‘risini aytganda qanday qilib bu lavozimni haliyam egallab turganingizga hayronman. Yetakchilikda atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri reaksiya qila olish zarur. Nima uchun bu shunchalik muhim?

Foto: Unsplash

Hayotingizdagi vaziyat to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Bari reja bo‘yicha bo‘ldimi? Albatta yo‘q.

Biznes – favqulodda murakkab tizim bo‘lib, unda bir-biriga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar ko‘p. Har kuni kutilmagan vaziyatlar yuz beradi. Ularni qanday hal etish mumkin?

Duayt Devid Eyzenxauer aytganidek:

«Rejalar – ma'nosiz, biroq rejalashtirish – hamma narsa».

Agar rejalar doimiy ravishda o‘zgarishini tushunsangiz, bu o‘zgarishlarga moslashishni o‘rganib, barcha holatlarga tayyor turasiz. Buni qanday amalga oshirish bo‘yicha maslahatlar quyidagicha:

Maqsad bilan boshqaring

Barchaga ko‘rsatma va vazifalar berishdan avval aslida nimaga erishishni istashingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Siz bajarmoqchi bo‘lgan ishning ortida qanday maqsad yotibdi? Qanday natijalarga erishmoqchisiz?

Foto: Unsplash

Mana shu savollarga javob berishingiz bilanoq jamoangiz siz nimani kutayotganingizni tushunganiga ishonch hosil qiling. Ana o‘shanda xodimlaringiz bilan yo‘lda uchragan barcha to‘siqlarni bartaraf eta olasiz.

Agar endigina yetakchi bo‘lishga intilayotgan bo‘lsangiz, rahbar tomonidan berilgan topshiriq, sizdan kutilayotgan natijani to‘g‘ri tushunganingizga ishonch hosil qiling. Ishga kirishing. Tashabbus ko‘rsatish ham muhim. Doim ko‘rsatmalar bilangina ishlaydigan odamga aylanib qolmang. Bunday qilsangiz, karerada yuqori muvaffaqiyatlarga erishmaysiz.

Tushuning, kompaniyadagi eng dono odam emassiz

Jamoadan o‘rganish juda muhim. Fikringizga qarshi nuqtai-nazarlarga ochiq bo‘ling. Boshqa bir kishi siz bilmaydiganlarni bilishi  - fakt. Uni qabul qiling.

Agar faqat sizning fikringizgina mavjud bo‘lishi kerak deb hisoblasangiz, jamoa ham buni sezadi. Xodimlar ishtiyoqni yo‘qotishadi, chunki hech kim ularga quloq solmayapti axir. Bunday vaziyatlarda jamoa samaradorligi tushib ketadi.

Foto: Unsplash

Xodimlarga ularni tinglashga tayyor ekaningizni ko‘rsatsangiz, jarayonni tezlashtirib yuborasiz. Ularni o‘z sohasida mutaxassis sifatida hurmat qilishingizni ko‘rsatasiz. Bu ishonch ularga to‘g‘ri maqsadlarni ilgari surishda yordam beradi.

Bilim, g‘oya va boshqalar fikrini qabul qilish orqali yaxshiroq moslashib borasiz. Jamoa ham siz bilan bir yo‘ldan boradi.

Yechimlarni izlash madaniyatini quring

Jamoani murakkab muhokamalar olib borishga majbur qiling. Ochiq-oydin narsalar haqida gapiring. Biroq suhbatni qadam-baqadam yechimga yo‘naltiring. Namuna ko‘rsating. Yechim topish imkonini beradigan xotirjamlik va optimizmni doimo taratib turing.

Foto: Unsplash

Yodingizda bo‘lsin, javob sizga hozir va shu yerning o‘zida  kerak emas. Bor-yo‘g‘i qachondir biror narsa topilishiga diqqat qarating. Istiqboldagi muammo va ularning yechimini oldindan aniqlang.

Rejalar ma'nisiz

Samarali yetakchi bo‘lish uchun o‘zgara olish zarur. O‘zgarishlar har kuni sodir bo‘ladi. Agar ularga moslashmasangiz, maqsadlaringizga erishish mushkul bo‘ladi.

Diqqatni natijaga qaratib, maqsadlarni aniq belgilang. Rivojlanishga harakat qiling, yechim topishga intiladigan madaniyat yarating – ana shunda o‘z yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf eta oladigan yaxshi yetakchiga aylanasiz.

Mavzuga oid