O‘zbekiston | 10:23 / 24.09.2018
4040
1 daqiqa o‘qiladi

Matbuot va axborot agentligi yagona interaktiv axborot tizimini yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: 123RF

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan nashriyot va matbaa korxonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida yagona interaktiv axborot tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.

Ushbu tizimni ishga tushirishdan asosiy maqsad – nashriyot va matbaa korxonalari reyestrini yuritish tizimini axborotlashtirish, soddalashtirish, nashriyotlar tomonidan taqdim etilayotgan hisobotlarning interaktiv bazasini yaratish, kitob va kitob mahsulotlarining nazorat nusxalari hisobini yuritishdir.

Interaktiv axborot tizimini yo‘lga qo‘yish orqali zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida qo‘shimcha monitoring va nazorat mexanizmlari yaratiladi. Shuningdek, kontrafakt kitob mahsulotlari chop etilishining oldini olish, noqonuniy faoliyat yuritayotgan korxonalarni aniqlash, ma'lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish bo‘yicha tezkor tizim shakllanadi.

Mavzuga oid