O‘zbekiston | 14:38 / 24.09.2018
5734
2 daqiqa o‘qiladi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Binali Yildirim bilan muzokaralar o‘tkazdi

Joriy yil 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Foto: senat.uz

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat parlamentlararo munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Parlamenlararo muloqotni chuqurlashtirish hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Tomonlar Oliy Majlis Senati va Buyuk millat majlisi shafeligida O‘zbekiston va Turkiya hududlari forumlarini tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yo‘lga qo‘yilgan parlamentlararo hamkorlikni hamda xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Foto: senat.uz
Foto: senat.uz

 

Mavzuga oid