Sport | 23:10 / 25.09.2018
8213
1 daqiqa o‘qiladi
Mourino Pogbani sardorlikdan tushirdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino yarimhimoyachi Pol Pogbani bundan buyon sardor bo‘lmasligini futbolchilariga e'lon qildi, deb yozmoqda The Times.
Portugaliyalik mutaxassis «Vulverhempton»ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng, Pogba bergan intervyudan darg‘azab bo‘lgan. Fransiyalik futbolchi Mourinoning himoyaviy uslubini tanqid qilib, «Jamoa ko‘proq hujum qilishi kerak», degan edi.
Mourino Pogbaning sardor bo‘lishga loyiq emasligini va jamoa barcha narsadan ustun ekanini aytgan. Futbolchilar esa bu gaplarga salbiy munosabatda bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, Pogba bu mavsumda uch marta sardor sifatida «Manchester Yunayted»ni maydonga olib tushgan edi.
Mavzuga oid
13:38 / 01.06.2023
«Sevilya» yana Yevropa Ligasida g‘olib. Ularni Mourino ham to‘xtata olmadi
20:46 / 28.01.2023
Mourino Shomurodovning «Roma»dan ketayotganini tasdiqladi
15:08 / 12.10.2022
«Qishdayoq barchasini taroziga qo‘yamiz». Eldorning agenti Mourinoning Shomurodovga ikki e’tirozi, Rimda nega qolgani va kelajagi haqida
21:57 / 22.08.2022