Jahon | 11:31 / 25.09.2018
5804
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Makron bilan uchrashdi: Ikki rahbar o‘zaro nimalarni muhokama etdi?

Foto: Ludovic Marin/AFP via Getty Images

24 sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp fransiyalik hamkasbi Emmanyuel Makron bilan ko‘rishdi. Ular xalqaro xavfsizlik, jumladan, Suriyadagi vaziyat va AQSh hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo aloqalari haqida so‘z yuritishdi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Davlat rahbarlari qator xalqaro masalalar, jumladan, Suriyadagi vaziyat, Eron tomonidan bo‘layotgan xavf, shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo aloqalarini muhokama etishdi. Bundan tashqari, ular Trampning joriy yil noyabr oyida Parijga tashrif buyurishi va Birinchi jahon urushi yakuninining yuz yilligiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etish yuzasidan ham gaplashib olishdi”, - deyiladi Oq uy taqdim etgan ma'lumotda.

Ikki mamlakat yetakchisi ayni kunlarda Nyu-Yorkda o‘tayotgan BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi doirasida ko‘rishishdi.

Mavzuga oid