MDHda yil oxirigacha yana nechta mashq o‘tkazilishi aytildi
Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, general-leytenant Aleksandr Lapin 2018 yil oxirigacha MDH hududida yana to‘rtta yirik mashqlar o‘tkazilishi haqida xabar berdi.
«Oldinda muhim va qator jiddiy tadbirlar bor. Bu Qozog‘istondagi «Poisk-2018», Tojikistondagi «Rubej-2018», Rossiya Federatsiyasi hududidagi «Vozdushniy most» hamda «Nerushimoye bratstvo» mashqlari. Ular dunyoga bizning birdamligimiz, jangovar qudratimiz va qisqa muddat ichida Markaziy Osiyoning istalgan nuqtasida birlashgan kuchlar guruhini yaratish qobiliyatimizni namoyish etib beradi», - dedi Lapin «Issiqko‘l - Antiterror-2018» terrorchilikka qarshi qo‘shma mashqlarning yopilish marosimida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni yakunlangan mashqlar MDH mamlakatlari qo‘shma jangovar tayyorgarligi bo‘yicha tadbirlar kompleksida navbatdagi bosqichga aylandi, deb xabar beradi RIA Novosti.
«O‘tgan uch yil mobaynida, jangovar tayyorgarlik dasturlarining soni 4 barobarga oshdi, 17ta qo‘shma mashqlar va mashg‘ulotlar o‘tkazildi, zobitlar operatsiyalarni rejalashtirish hamda birlashgan qo‘shinlar va kuchlar guruhini qo‘llashda qimmatli tajriba orttirdi. Bunday yondashuv xalqaro terrorizmdan, ayniqsa, Afg‘onistondan kelayotgan tahdid va chaqiriqlarga adekvat javob hisoblanadi», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IShID Markaziy Osiyoda tayanch nuqtasi tashkil etishga harakat qilayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
18:28 / 06.12.2024
Qirg‘izistondagi shaharda barcha jamoat joylari bepul Wi-Fi bilan ta’minlandi
16:39 / 26.11.2024