Jahon | 18:36 / 28.09.2018
18943
2 daqiqa o‘qiladi

«Bu shizofreniyaga o‘xshab ketdi». Chepiganing sobiq qo‘mondoni bayonot berdi

Foto: bellingcat.com

Rossiya Amur oblastidagi Armiya, aviatsiya va flotga ko‘mak ko‘rsatish ko‘ngillilar jamiyati (DOSAAF) mintaqaviy bo‘limi raisi Aleksandr Borjko Anatoliy Chepiga deb atalgan Ruslan Boshirov bo‘yicha surishtiruv natijalariga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Borjkoning aytishicha, muqaddam Uzoq Sharqdagi oliy umumqo‘shin mashq maktabida kursantlar bataloniga rahbarlik qilgan. Uning tan olishicha, familiyasi Chepiga bo‘lgan kursantni yaxshi eslaydi.

«Men o‘zim harbiyman va OAVda uning Skripallar bilan bog‘liq vaziyatga aloqadorligi haqida tarqalgan ma'lumot yengil shizofreniyadan darak bermoqda, deb hisoblayman», - deydi Borjko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Chepiga Chechenistonda haqiqatdan ham jang qilgan, ammo u agentlik topshiriqlari uchun tayyorlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml GRU polkovnigi Chepiga haqidagi surishtiruvga o‘z munosabatini bildirgandi.

Mavzuga oid