Inoyatovdan Usmonovgacha. Senatning 16-yalpi majlisi qanday o‘tdi?
27-28 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Bu galgi yalpi majlisda saylangan yangi senatorlar ishtirok etishdi. Xususan, Buxoro viloyatidan Shuhrat Cho‘liyev, Jizzax viloyatidan Ergash Soliyev, Namangan viloyatidan Mavluda Imomova, Odiljon Mamatkarimov, Baxtiyor Umarov, Navoiy viloyatidan Jamshid Xodjayev, Sirdaryo viloyatidan Ulug‘bek Sotiboldiyev, Surxondaryo viloyatidan Abduqodir Toshqulov, Qashqadaryo viloyatidan Ro‘ziboy Saidov va Toshkent shahridan Jahongir Ortiqxo‘jayev Senatda tanishtirildi.
Bugun, 28 sentabr kuni o‘z ishini yakunlagan Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisi davomida jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlash va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan 21ta masala, shu jumladan 14ta qonun ko‘rib chiqilib, ma'qullandi.
«Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi, «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, muhokamalar yakunlari bo‘yicha vazirliklar va idoralarning, joylardagi ijro hokimiyati organlarining mas'uliyatini oshirishga qaratilgan hamda tezkor ravishda hal etilishi taqozo etadigan muhim masalalar yuzasidan amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, qishloq xo‘jaligida norasmiy bandlik darajasini qisqartirish hamda ishchilarni ijtimoiy himoyalash, shu bilan ularning pensiya ta'minoti kafolatlarini mustahkamlash bo‘yicha davlat nazoratining holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga parlament so‘rovi yuborildi.
Senatorlar Buxoro viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini ham eshitishdi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024
Senat 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjetini ma’qulladi
15:48 / 20.11.2024