Peskov Putinning O‘zbekistonga tayyorlanayotgan tashrifi haqida gapirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, u hozirda yuqori darajadagi tayyorgarlikda, deya ma'lum qildi davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«O‘zbekistonga tashrif chindan ham tayyorgarlikning juda ilg‘or bosqichida. Biz tegishli bayonot bilan chiqamiz», - deya ma'lum qildi Peskov jurnalistlarga. U shu yilning oktabr oyida prezidentning respublikaga ehtimoliy tashrifi haqidagi savolga shunday javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev va Putinning oxirgi uchrashuvi joriy yilning iyun oyida Xitoyning Tsindao shahrida tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari yetakchilari sammitida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligining xabar berishicha, joriy yilning 18-19 oktabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari Shavkat Mirziyoyev hamda Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Vazirlikning xabar berishicha, Rossiya prezidentining rasmiy tashrifi doirasida Rossiya-O‘zbekiston birinchi hududlararo hamkorlik forumi o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22 / 24.12.2024