AQSh prokuraturasi Sayfullo Soipov uchun o‘lim jazosini talab qildi
AQSh prokuraturasi 2017 yilning 31 oktabr kuni Nyu-Yorkda terrorchilik harakati sodir etgan, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Soipov uchun qatl etish tarzidagi jazoni talab qildi. Bu haqda NBC News.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Nyu-York shtatida eng oliy jazo 1953 yildan beri qo‘llanilmagan.
Ta'kidlanishicha, Soipovning advokatlari prokuratura qaroridan norozi ekanliklarini bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sayfullo Soipovning advokatlari Trampdan norozi ekani, u o‘z bayonotlari bilan tergovga bosim o‘tkazayotgani aytilgandi.
Nyu-Yorkda terakt sodir etish va sakkiz kishini o‘ldirishda ayblanayotgan asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Soipovning advokatlari fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining bayonotlari bilan tergovga bosim o‘tkazmoqda.