Dunyodagi ilk Hyperloop kapsulasi namoyish qilindi
Hyperloop tezyurar poyezdlari loyihasini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi Hyperloop Transportation Technologies (HyperloopTT) kompaniyasi poyezdning dunyodagi ilk to‘liq o‘lchamli yo‘lovchi kapsulasini taqdim qildi.
Quintero One deb nom olgan kapsula Ispaniyaning Puerto-de-Santa-Mariya shahrida taqdim etilgan. U HyperloopTT’ning hamkori hisoblanuvchi Airtificial kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Kapsulaning uzunligi 32 metrni, og‘irligi 5 tonnani tashkil qiladi. Ma'lum qilinishicha, kapsula 28 nafardan 40 nafargacha yo‘lovchini tashiy oladi. Unda bir kunda bir liniyada 164 minggacha yo‘lovchini tashish mumkin. Kapsula kompaniyaning Tuluzadagi tadqiqot markaziga jo‘natiladi va u yerda maxsus trekda sinovdan o‘tkaziladi.
Hyperloop poyezdlari yaratish g‘oyasi SpaceX rahbari Ilon Maskka tegishli hisoblanadi. Biroq u o‘z g‘oyasini hayotga tatbiq etmagan va 2013 yilda uni ochiq foydalanishga qo‘ygan. Ayni vaqtda bu g‘oyani amalga oshirish bilan bir nechta kompaniya, jumladan, Hyperloop Transportation Technologies va Hyperloop One shug‘ullanmoqda.
Yuqori tezlikdagi tizim yopiq quvurdan iborat bo‘lib, uning ichida poyezd soatiga 480 kilometrdan 1220 kilometrgacha yura oladi. G‘oya muallifining fikricha, bunday yuqori tezlikka relslarga ishqalanish va havo qarshiligi yo‘qligi evaziga erishish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi
20:54 / 19.11.2024