AQSh BMTning Xalqaro sudi qarorlari bajarilishi bayonnomasidan chiqdi
![](https://storage.kun.uz/source/3/6vgWDlcu2KFJn8OpuolDnsyNDdlhCpcV.jpg)
Jon Bolton/Foto: REUTERS/Leah Millis
Vashington AQShning Tel-Avivdagi elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi bo‘yicha Falastinning da'vo arizasi bo‘yicha BMTning Xalqaro sudida javob bermaydi.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp yuqoridagi kabi bahslarni Xalqaro sudda hal qilish haqidagi bayonnomadan chiqishga qaror qilgan.
Bayonnoma uni imzolagan barcha davlatlarga Vena konvensiyasi bajarilishiga taalluqli bahslarni BMT sudida hal qilish majburiyatini qo‘yadi. Falastin AQSh Al-Qudsning maqomi bilan bog‘liq holda 1961 yilda qabul qilingan Vena konvensiyasini buzgan degan qarorga kelgan va suddan “AQShga Al-Qudsdan diplomatik missiyasini qaytarib olish majburiyatini qo‘yishni” so‘ragan.
Boltonning aytishicha, bayonnomadan chiqish aynan Falastinning da'vosi bilan bog‘langan. Bolton AQSh Vena konvensiyasining o‘zidan chiqmayotganini aytib, boshqa davlatlarni o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishga chaqirgan.
AQSh bungacha ham Xalqaro sudning yurisdiksiyasini qisman tan olgan.
2018 yilda Xalqaro sud AQShga Eronga qarshi sanksiyalardan gumanitar yordam berilishi bilan bog‘liq qismini olish majburiyatini yuklagan. Bunga esa Eron va AQSh o‘rtasida 1955 yilda imzolangan do‘stlik haqidagi kelishuvning buzilishi asos qilib ko‘rsatilgan. AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo sudning bu qarorini AQSh siyosatiga aralashish deb baholagan. U qarorning bajarilishi bo‘yicha hech narsa demagan va Eronga qarshi sanksiyalarda shundoq ham gumanitar yordamga tegishli istisnolar borligini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/jn13CzDnNFEYtOyNnUQrMlhHsujHvtM-_medium.jpg)
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/gyjflWVkg0U9iIosrAKCgdkwxDYR13PP_medium.jpg)
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/Gu-Q1eyzQw9AoS_uU6F1oJw6wx2bfQLr_medium.jpg)
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/rTntOlrT4ZOI8ORzw_ZoM7GM4-w7KGQg_medium.jpg)
17:05 / 24.12.2024