«Mag‘rur sukunat». London Skripallar ishida Moskvaning yordamidan bosh tortdi
Rossiya Bosh prokuraturasining rasmiy vakili Aleksandr Kurennoy so‘zlariga ko‘ra, mahkama Buyuk Britaniya GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi bo‘yicha ishda yordamdan rasmiy ravishda bosh tortgani haqidagi javobni oldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Uning ta'kidlashicha, dastlab London barcha yuborilgan so‘rovlarga «mag‘rur sukunat» bilan javob bergan.
«Haqiqatan ham, bir kun oldin biz Tashqi ishlar vazirligining kanallari orqali bu ish bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi arizamiz qondirilmaganiga oid rasmiy rad javobi yuborilgani borasida signal oldik», - dedi Kurennoy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Skripalni xoin va palid deb atagandi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34 / 26.12.2024
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27 / 26.12.2024
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30 / 26.12.2024