Sport | 23:16 / 05.10.2018
19314
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli goli aniqlandi

UYeFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turida urilgan gollar orasida eng chiroylisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomani yakunladi.

Unga ko‘ra, «Barselona» yarimhimoyachisi Ivan Rakitichning «Tottenhem» (4:2) darvozasiga urgan goli eng chiroyli deb topildi.

Xorvatiyalik futbolchi Paulo Dibala («Yuventus»), Neymar («PSJ») va Arno Danjuma («Bryugge») gollarini ortda qoldirdi.

Mavzuga oid