«Haqiqatdan ham tupurganman». Melanya Tramp mojaroli vaziyatga izoh berdi
AQSh birinchi xonimi Melanya Tramp Qo‘shma Shtatlar chegarasida voyaga yetmaganlar uchun markazlarga borishidan avval nima sababdan «Men haqiqatdan ham tupurganman» yozuvli kurtkani kiyib olganiga izoh berdi. Bu haqda ABC News xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yozuv bolalarga qaratilmagan, balki «uni tanqid qiluvchi so‘l-liberal ommaviy axborot vositalariga» yo‘naltirilgandi.
«Men ularga haqiqatdan ham tupurganimni ko‘rsatib qo‘ymoqchi edim. Sizlar har qanday narsani tanqid qilishingiz mumkin, ammo bu menga o‘zim to‘g‘ri deb hisoblagan narsani qilishimga to‘sqinlik qilmaydi», - deya izoh berdi AQSh birinchi xonimi.
Melanya Trampning qo‘shimcha qilishicha, odamlar va ommaviy axborot vositalari kiyim-kechagiga emas, balki uning harakatlari hamda tashabbuslariga e'tibor berishini xohlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reuters AQShning obro‘si pasayib ketgani haqida yozgandi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024