Iqtisodiyot | 15:19 / 15.10.2018
11076
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori yana o‘sdi

Foto: Liter.kz

Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori o‘sdi, bundan Ranking.uz’ning Qozog‘iston Milliy bankiga asoslangan ma'lumotlari darak bermoqda.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 72,6 mlrd tenge yoki 195,7 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ yuborilgan. O‘sish bir yil davomida 33,1%ni tashkil etdi. Mamlakatning umumiy pul o‘tkazmalari hajmidagi ulushi 18,3%dan 19,1%gacha ko‘tarildi.

O‘zbekiston pul o‘tkazmalari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda - birinchi Rossiya, bu davlatga 147,8 milliard tenge yoki 398,6 million dollar yuborilgan. 27,2 foizlik o‘sishga qaramay, chet elga yuborilgan jami mablag‘larning ulushi 39 foizdan 38,9 foizga kamaydi.

Turkiya eng yuqori uchlikni yakunlab turibdi - 41,3 milliard tenge yoki 111,3 million dollar, o‘sish 89 foiz. Ushbu ulush 7,3%dan 10,9%gacha oshdi. 

Mavzuga oid