Jahon | 08:00 / 17.10.2018
15715
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda dunyodagi eng katta organizm aniqlandi

Foto: Wikimedia Commons

Olimlar 37 gektar maydonni egallagan Michigan to‘nka qo‘ziqorinini aniqlab, ko‘k kitni sayyoramizdagi eng katta jonzot nomidan “mahrum qilishdi”.

Amerikalik olim Metyu Taub Michiganning Yuqori yarimorolida o‘suvchi Michigan to‘nka qo‘ziqorinining ulkan tanasini tahlil qilib, u yosh va o‘lchami bo‘yicha bungacha hisoblab kelingandan ancha kattaligi haqidagi xulosaga keldi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, o‘rganilgan qo‘ziqorin tanasi yer ostida yashirilgan bo‘lib, 37 gektar maydonni egallaydi va og‘irligi 400 tonnaga yaqinni tashkil qiladi. Uning yoshi esa 2,5 ming yilni tashkil qilishi mumkin. 

Ko‘k kitning uzunligi 30 metrga, og‘irligi esa 100 tonnagacha yetishi mumkin.

Mavzuga oid