Sport | 10:23 / 17.10.2018
8661
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya o‘z tarixidagi eng yomon natijani qayd etmoqda

Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga mag‘lub bo‘ldi (1:2). 

Nemislar uchun bu 2018 yildagi oltinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Bu terma jamoa tarixidagi eng yomon ko‘rsatkichdir.

Bungacha Germaniya (FRG) 1985 va 1956 yillarda 5 martadan yutqazgandi.

2018 yilda Yoaxim Lyov jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Braziliyaga (0:1) va Avstriyaga (1:2) yutqazdi, JCh-2018 doirasida Meksika (0:1) va Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘lindi (0:2), shuningdek Millatlar ligasi doirasida – Niderlandiya (0:3) va Fransiya nemislarni yengdi (1:2).

2018 yilda Germaniya faqat 3 marta g‘alabaga erishib, 2 bor durang o‘ynadi.

Bundan tashqari, nemislar 2000 yildan buyon ilk marta qatorasiga ikki rasmiy uchrashuvda yutqazdi.

Germaniya bu yilda o‘tkazilgan 11 o‘yindan faqat bittasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay oldi. Bu keyingi 54 yildagi antirekorddir. 1964 yilda jamoa 5 o‘yin o‘tkazib, barchasida gol o‘tkazgandi.

Mavzuga oid