Jahon | 09:31 / 17.10.2018
13922
1 daqiqa o‘qiladi

Qoshiqchi taqdiri. XVJ rahbari Saudiya Arabistoniga borishdan bosh tortdi

Foto: REUTERS

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) direktori Kristin Lagard Saudiya Arabistoni hukumati muxolif jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishida ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida Saudiya Arabistonidagi investitsiya konferensiyasiga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters jamg‘arma vakilining bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«XVJ boshqaruvchi direktorining Yaqin Sharq mintaqasiga avvaldan rejalashtirilgan tashrifi kechiktiriladi», - deyiladi bayonotda.

13 oktabr, shanba kuni, Lagard Indoneziyadagi konferensiyada Turkiya hududidagi Saudiya konsulxonasida Qoshiqchi o‘ldirilganiga doir OAV xabarlaridan «dahshatga tushganini» ma'lum qildi. Shu bilan birga, o‘shanda u Saudiyadagi forumga baribir tashrif buyurishini ham aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo saudiyaliklar Qoshiqchining yo‘qolishiga «aloqador emasligi» haqida gapirgandi.

Mavzuga oid